Vladimir Norov Hindiston va Pokiston o‘rtasidagi keskinlik haqida gapirdi

Olam

image

Qarorgohi Pekinda joylashgan Shanxay Hamkorlik Tashkiloti Bosh kotibi Vladimir Norov Hindiston va Pokiston o‘rtasidagi keskinlik tashkilot faoliyatiga qanday ta’sir qilishi haqidagi savolga quyidagicha javob berdi.

Norovga ko‘ra, Hindiston Respublikasi va Pokiston Islom Respublikasi o‘rtasida so‘nggi vaqtlarda yuzaga kelgan keskinlik munosabati bilan manfaatdor tomonlar bosiqlik ko‘rsatadi va oqilona yo‘l tutadi.

Uning fikricha, ushbu mamlakatlar Shanxay hamkorlik tashkiloti prinsiplari, maqsadlari hamda vazifalari, shuningdek, erishilgan xalqaro kelishuvlarga rioya etishi muhimdir.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

11

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing