Yerevanda minglab namoyishchilar Pashinyan iste’fosini talab qildi

Olam

image

Armaniston poytaxti Yerevan markazidagi maydonda 20 mingdan ortiq odam mamlakat Bosh vaziri Nikol Pashinyan iste’fosini talab qilib, miting o‘tkazdi. Bu haqda “Deutsche Welle” nashri xabar berdi.

Mahalliy jamoatchilik va ommaviy axborot vositalariga ko‘ra, norozilik mitingida ko‘pchilikni Arman Apostol cherkovi Tavush yeparxiyasi rahbari, arxiyepiskop Bagrat Galstanyan boshchiligidagi “Vatan nomi bilan Tavush” harakati tarafdorlari tashkil etdi.

Miting chog‘ida u namoyishchilar bo‘ysunmaslik harakatlari boshlaganini va Pashinyanga bosh vazirlikdan ketishi uchun bir soat vaqt borligini aytgan.

Pashinyan esa uchrashuv o‘tkazish va iste’foga chiqish haqidagi talablarga javob bermagan.

Shundan so‘ng, arxiyepiskop Milliy assambleyada (Armaniston parlamenti — tahr.) impichment orqali bosh vazirning iste’fosini talab qilishini ma’lum qildi.

"Biz kechiktirmaymiz, aniq harakatlar qilamiz va birgalikda natijalarga erishamiz", deydi arxiyepiskop namoyishchilarga.

Avvalroq Armaniston Tashqi ishlar vazirligi Yerevan va Baku chegaraning alohida uchastkasi bo‘yicha demarkatsiya qilish, jumladan, Tavush viloyati va Ozarbayjonning shimoli-g‘arbiy G‘azax viloyati o‘rtasidagi to‘rtta qishloqning hududiy mansubligi haqida avval kelishib olganini ma’lum qilgandi.

1990 yillarning boshidan bu hududlar Armaniston tomonidan nazorat qilingan, biroq 2020 yilda mamlakatlar o‘rtasidagi harbiy mojaro natijasida ular Ozarbayjonga o‘tadi.

Mahalliy aholi bu qarorga keskin qarshi chiqdi va norozilik namoyishini boshladi. Yerevan markazidagi miting 4 may kuni boshlandi.

Xususan, namoyishchilar M6 magistralining Armaniston-Ozarbayjon chegarasiga yaqinroq joylashgan Voskepar qishlog‘iga olib boradigan qismini to‘sib qo‘yishdi.

May oyi boshida Armaniston hukumati qishloqqa kirishni to‘sib qo‘ydi va bir necha o‘nlab namoyishchilarni hibsga oldi. Shundan so‘ng, arxiyepiskop Bagrat Galstanyan “Vatan nomi bilan Tavush” norozilik marshini e’lon qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Nikol Pashinyan miting Erevan

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made