Yerda magnit bo‘ronlari boshlandi
Bu qiziq
−
12 fevral
7373Bugun, 12 fevraldan Yerda kuchli magnit bo‘ronlari boshlandi. Bu haqda "Meteoagent" xabar berdi.
Bildirilishicha, ushbu tabiat hodisasi yana 2 kun – 13-14 fevral kunlari ham davom etadi.
Magnit bo‘ronining kelib chiqish sababi sifatida esa Quyoshda sodir bo‘lgan X sinfidagi chaqnashi ko‘rsartilgan. Bu quyosh chaqnashlarini o‘z ichiga oladigan sinflar orasida eng kuchlisi hisoblanadi.
Manba bergan ma’lumotlarga ko‘ra, 12 va 14 fevralda 5 balli, 13 fevralda esa 6 balli magnit bo‘roni kuzatilishi kutilmoqda.
Magnit bo‘ronlari sabab aloqa va kosmik kemalarning ishlashida nosozliklar yuzaga keladi. Shuningdek, bu ob-havodagi o‘zgarishlarga ta’sirchan va yurak-qon tomir kasalliklaridan aziyat chekadigan odamlarning sog‘lig‘iga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Jumladan, bosh og‘rig‘i, holsizlik, diqqatning pasayishi, asabiylashish kuzatilishi mumkin.
Bunday paytda kamida 7-8 soat uxlash maslahat berilgan. Ovqat ratsionidan yog‘li va achchiq ovqatlarni olib tashlab, kuniga kamida 2 litr suv ichish tavsiya qilinadi. Qahva miqdorini kamaytirib, o‘simliklardan tayyorlangan choy iste’mol qilish kerak.
Shuningdek, kontrastli dush, ertalabki mashqlar, toza havoda yurish, yugurish magnit bo‘roni kuzatilganida salomatlik uchun foydali bo‘ladi.