Yer yuzida musulmonlar necha soat ro‘za tutishmoqda?
Bu qiziq
−
10 may 2019
11413Yer sharining turli burchaklarida yashaydigan ikki milliardga yaqin musulmonlarning ro‘za tutish muddatlari bir-biridan farq qiladi.
O‘zbekiston musulmonlari Ramazonning boshida salkam 16 soat ro‘zador bo‘lsa, oyning oxiriga kelib, 17 soatga yaqin vaqt davomida “og‘iz berk” bo‘ladi.
Bu yil Skandinaviya mamlakatlari musulmonlari kun davomida eng uzoq vaqt ro‘zador bo‘ladi. Jumladan, Islandiya poytaxti Reykyavik musulmonlari bir kunda 21 soat ro‘za ushlaydi. Finlyandiya poytaxti Xelsinkida 19 soat-u 50 daqiqa, Stokgolm, Kopengagen va Osloda 19 soatdan ko‘proq ro‘za tutiladi.
Moskvada ham ro‘za kunlari bizdagidan uzunroq — 20 soatdan ortiq. Argentinada esa buning aksi, bor-yo‘g‘i 12 soat. Eng ko‘p aholi yashaydigan Xitoyning poytaxti Pekinda musulmonlar 16 soatdan ko‘proq ro‘zador bo‘lsa, Ramazonning ilk kunlarida Yevropa mamlakatlari poytaxtlaridan Parij, Amsterdam va Berlinda 18 soat-u 30 daqiqa, Londonda esa 18 soat-u 20 daqiqa ro‘za tutiladi.
Arab mamlakatlari poytaxtlaridan Qohira va Damashqda 15 soatdan ko‘proq, G‘azoda 16 soat, Bag‘dod va Bayrutda 14 soatdan oshiqroq ro‘za tutiladi.
Shimoliy Amerika haqida aytadigan bo‘lsak, Nyu-Yorkda musulmonlar
16 soatdan ko‘proq, Kanada poytaxti — Ottavada 18 soatdan ko‘proq ro‘zador bo‘ladilar.
Janubiy Afrikada Keyptaun musulmonlari 12 soatdan sal ortiqroq, Keniya poytaxti Nayrobida 13 soatdan ko‘proq, Dakarda 14 soatdan ko‘proq ro‘za tutishadi.
Hijriy taqvim oyning harakatiga asoslangani bois, Ramazon oyi yilning turli fasli va milodiy taqvimning turli oylariga to‘g‘ri keladi. Oy ko‘rinishiga qarab ba’zan 29 kun, ba’zida 30 kun davom etishi mumkin.
LiveBarchasi