Yengilmas o‘zbek prof bokschilari bugun ringga ko‘tariladi

Sport

image

Bugun, 18 may kuni Daniyaning Orxus shahrida professional boks oqshomi tashkil etiladi. Unda Rio Olimpiadasi chempioni Shahobiddin Zoirov va boshqa bir o‘zbek bokschisi Xurshid Tojiboyev ringga ko‘tariladi. 

Shahobiddin gruziyalik Mishiko Shubitidzega qarshi jang qiladi. Ma’lumot uchun, Shubitidze shu kungacha prof boksda 28 marotaba jang o‘tkazgan va ularning 12 tasida g‘alaba qozongan (5 ta nokaut). 13 marotaba mag‘lubiyatga uchragan (11 ta nokaut). 3 marotaba durang qayd etgan. Shahobiddin esa shu yilning 5 aprel kuni BAAda prof ringdagi debyutini nishonlagan va unda indoneziyalik Antoni Xoltni birinchi raunddayoq nokautga uchratgandi.

Xurshidga esa  gruziyalik Irakli Shariashvili raqiblik qiladi. Yodingizda bo‘lsa, Tojiboyev prof ringdagi ilk jangini shu yilning 23 mart kuni Polshada mezbon bokschi Kristof Rogovskiga qarshi o‘tkazib, uchinchi raundda nokaut evaziga g‘alaba qozongandi. Irakli Shariashvili esa shu kungacha prof boksda 8 marotaba ringga ko‘tarilib, ularning 5 tasida g‘alaba qozongan. 2 marotaba mag‘lub bo‘lgan (1 ta nokaut). Yana 1 marta esa durangga erishgan.


Maqola muallifi

Teglar

boks Shahobiddin Zoirov

Baholaganlar

68

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing