YeCHL yangi mavsumida Germaniyaning 5 ta klubi ishtirok etadi

Sport

image

Dortmundning “Borussiya” klubi Yevropa Chempionlar ligasi (YeCHL) birinchi yarim final uchrashuvida PSJ ustidan 1:0 hisobida g‘alaba qozonib, kelasi mavsum Bundesliganing 5 ta jamoasi YeCHLda ishtirok etishini ta’minladi.

Koeffitsiyent bo‘yicha birinchi o‘rinni egallagan 2 ta davlat keyingi mavsum uchun YeCHLda qo‘shimcha 5-o‘rinni qo‘lga kiritadi. Bular Italiya va Germaniya davlati bo‘ladi. Italiya hozir mavsum uchun 19,428 ochkoga ega va birinchi o‘rinda, Germaniyaning koeffitsiyenti esa 18,071 ko‘rsatkichni tashkil qilmoqda.

Hozirda aynan “Borussiya” klubi o‘z chempionatida 5-o‘rinda bormoqda. Shu tariqa, “asalarilar”ning o‘zi Yevropa Chempionlar ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Bundan tashqari, dortmundliklar YeCHLda g‘olib bo‘lgan taqdirda, Bundesliganing 6 ta klubi Yevropa Chempionlar ligasida ishtirok etadi.

Qayd etish joiz, kelasi mavsumdan boshlab Yevropa Chempionlar ligasi butunlay yangi formatga o‘tadi. Odatdagidek guruh bosqichi o‘rniga bitta ligada 36 ta jamoa o‘ynaydi, bunda har bir jamoa turli raqiblarga qarshi 8 ta o‘yin o‘tkazadi.


Maqola muallifi

Teglar

Evropa Chempionlar ligasi Borussiya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made