Yaponiyaning Kyusyu orolida zilzila. U yerda atom elektr stansiyasi bor

Olam

image

Yaponiyaning Kyusyu orolida zilzila. U yerda atom elektr stansiyasi bor

 Zilzilada qurbonlar yo‘q, biroq aholi sunami xavfidan ogohlantirilmoqda

Juma tongida Kyusyu orolining janubiy-sharqida kuchi 6.3 magnitudali yer qimirlashi kuzatilgan. NHK telekanalining xabariga ko‘ra, aholi zilzila qayta sodir bo‘lishi mumkinligi va sunami xavfidan ogohlantirilmoqda. 

Kunchiqar yurt ommaviy axborot vositalarining ma’lum qilishicha, hozircha yer qimirlashidan zarar ko‘rganlar to‘g‘risida axborot kelib tushmagan. Mahalliy aholi vakillari ham qutqaruv xizmatiga bu borada murojaat qilishmagan.   

Zilzila epitsentri hisoblangan Kyusyu orolida atom elektr stansiyasi mavjud. Kyushu Electric Power energetika kompaniyasi vakilining  NHK telekanaliga bergan ma’lumotiga ko‘ra, tabiat hodisasi tufayli atom elektr stansiyasiga hech qanday zarar yetmagan va xavf kuzatilmayapti.


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

41

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing