O‘zbekistonda har ikki yilda bir marta xalqaro festival bo‘lib o‘tadi

Jamiyat

image

Joriy yilning 27 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan “Xalqaro sirk san’ati” festivalini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. Bu haqda Adliya vazirligining "Huquqiy axborot" kanalida ma’lum qilindi.

Nizomga muvofiq, Festival 2021 yildan boshlab har 2 yilda 1 marta Toshkent shahrida o‘tkaziladi.

Festival doirasida sirk ustalarining Xalqaro ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tadi.

Ko‘rik-tanlovda ishtirok etmoqchi bo‘lganlar ko‘rik-tanlov o‘tkazish sanasidan 2 oy oldin Madaniyat vazirligiga hujjatlarni taqdim etadi.

Ko‘rik-tanlov ishtirokchilari 4 ta yo‘nalish bo‘yicha baholanadi:

•    gimnastika;
•    aktrobatlar;
•    hayvonlar olami;
•    maxsus (original) chiqishlar.

Ko‘rik-tanlov g‘oliblari diplom, statuetka va pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.

Festivalning har bir qatnashchisiga “Xalqaro sirk san’ati” festivali ishtirokchisi sertifikati beriladi.


Maqola muallifi

Teglar

Vazirlar Mahkamasi Xalqaro tsirk san'ati

Baholaganlar

70

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made