Yangi Zelandiyadagi terrorda Counter-Strike ishqibozi bo‘lgan terrorist Counter-Strike asoschisini ham otib o‘ldirdi

Olam

image

Juma kuni Yangi Zelandiyaning Kraystcharch shahridagi masjidda sodir etilgan terroristik hujum oqibatida, masjidda namoz o‘qiyotgan 33 yoshli Atta Ellayan ham vafot etgan. Bu haqda uning do‘sti Nigel o‘zining tvitter sahifasida ma’lum qilgan.

Ayni paytda bizning diqqat-e’tiborimizni tortgan bu shaxs kim bo‘lgan?

Futzalchi, dizayner va tadbirkor Atta Ellayan bundan bir necha yillar avval islom dinini qabul qilgan edi. 2019 yilning 15 mart kuni u Kraystcharch shahridagi hamma musulmonlar qatori bemalol ibodat qilayotgan paytda terrorchi tomonidan otib o‘ldirildi.

Voqealardan ko‘p htmay turli xorij nashrlari bu hodisani teror yemas, shunchaki jinoyat deb atadi. Ular terrorchining tajavvuzkor kompyuter o‘yini Counter-Strike ning ishqibozi bo‘lganligini aytishmoqda. Bunga sabab sifatida, terror vaqtida olingan videoda terrorchining Counter-Strike qahramonlari harakatini qaytarishga uringanligi keltirib o‘tildi.

Masjidda vafot etgan Atta Ellayan esa aynan Counter-Strike o‘yinining asoschilaridan biri edi. U aslida Quvayt davlatida tug‘ilgan yangi zelandiyalik inson bo‘lgan. U ham yoshligidan mana shu tajavvukor o‘yinning foydalanuvchisi bo‘lgan. U Counter-Strike o‘yinlari bo‘yicha kibersport jamoasini tuzgan va Avstraliya kibersport terma jamoasi a’zolariga qarshi virtual o‘yinlarda ham g‘olib bo‘lgan.

“U ajoyib Counter-Strike o‘yinchisi bo‘lsada, bu borada u juda iqtidorli emasdi. U juda ko‘p vaqtini virtual o‘yinlarga sarflardi. Hayotda undan ko‘ra qiziqarliroq narsalar topolmaganidan mana shu o‘yin ichida yashardi”, deb yozgan Nigel.

2008 yilda Ellayan o‘zi tuzgan kibersport jamoasini tark etgan. Keyinchalik u tadbirkor va dizayner sifatida Yangi Zelandiyada aynan Counter-Strike o‘yinlarining bir qancha versiyalarining yaratilishida ham ishtirok etgan. Shuningdek u ko‘plab qiziqarli loyihalar ustida ishlash bilan birgalikda Avstraliyaning futzal klubiga a’zo bo‘lgan. Jamoada u darvozabon sifatida 19 o‘yinda ishtirok etgan edi. 


Maqola muallifi

Teglar

Yangi Zelandiya terroristik hujum Atta Ellayan

Baholaganlar

312

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made