Yangi Zelandiyada qanotsiz qadimiy yirik qush izlari topildi

Olam

image

Yer sayyorasi o‘z qa’riga ko‘plab siru sinoatlarni yashirgan. Olimlar o‘z izlanishlarida yerning tuproq osti qatlamidan fanga ma’lum bo‘lmagan va olis tarixda yashagan hayvonlarning qoldiqlariga duch kelishmoqda. 

Ba’zi topilmalar oddiy kishilar tomonidan kashf qilingan. Yaqinda bir erkak iti bilan sayr qilib yurganida daryoda qushlarning yirik izlariga duch kelgan. 

Bu haqida hududdagi Otago muzeyiga ma’lum qilgan. Muzey xodimlari izni borib ko‘rgan va bu juda qadimda yashab o‘tgan gigant qushga tegishli ekanini aytgan.

Olimlar qush izlarini zarar yetkazmasdan olish uchun suv ostiga sho‘ng‘ishlari va ehtiyotkorlik bilan ishlashlariga to‘g‘ri kelgan. Suv ostida tosh qotgan izlar yuzaga olib chiqilgan.

Mutaxassislarning aytishicha, bu izlar Yangi Zelandiyada 1500 yilgacha yashagan mao gigant qushlariga tegishli ekanligi ma’lum bo‘lgan. Qushlar juda bahaybat bo‘lishgan. Uning balandligi 3,6 metrgacha, vazni esa 250 kilogrammdan ortiqroq bo‘lgan. 

Qushlar o‘simliklar bilan oziqlanishgan. Ularning yer yuzidan yo‘q bo‘lib ketishlariga asosiy sabab qilib aborigen qabilalari tomonidan doimiy ozuqa sifatida ovlanishi ko‘rsatilgan. 


Muzey vakillarining ta’kidlashicha, mao qushlarining izlari janubiy Zelandiyadan ilk bor topilishi. Mamlakatning shimolida bu kabi izlarning kamida o‘ntasi ro‘yxatga olingan. Topilgan izlar Otago muzeyiga jo‘natilgan va ular yaqinda aholiga namoyish etiladi.


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Yangi Zelandiya qush izlar

Baholaganlar

20

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing