Yo‘qolib qolgan 8 yoshli bola topildi

Jamiyat

image

Kecha, 31 iyul kuni soat taxminan 09:30 da Farg‘ona shahar Alisher Navoiy ko‘chasida istiqomat qiluvchi Z.O. ismli ayol O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Farg‘ona viloyati Qo‘riqlash xizmati xodimlariga murojaat qilib,  jiyani yo‘qolib qolganligini bildirib, uni topishda yordam so‘ragan.

O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Farg‘ona viloyati Qo‘riqlash boshqarmasida xizmat olib borayotgan safdor xodimlar Abror Vahobov va Ma’murjon Yo‘ldoshev ko‘chada qarovsiz holda yig‘lab yurgan 7-8 yoshlardagi bolakayni uchratib, zudlik bilan yaqinlarini topish maqsadida navbatchilik qismiga xabar bergan.

Milliy gvardiya Matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, oradan biroz vaqt o‘tib, yo‘qolib qolgan bola So‘x tumanida yashovchi 2011 yilda tug‘ilgan A.E. bo‘lib, xolasi Z.O.ning uyiga mehmonga kelgani, ko‘chaga o‘ynagani chiqib adashib qolganligi aniqlanib, bola o‘z yaqinlariga topshirildi.


Maqola muallifi

Teglar

qidiruv Farg'ona

Baholaganlar

78

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made