Abdulla Aripov boshchiligidagi delegatsiya Tojikistonga boradi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov boshchiligidagi hukumat delegatsiyasi ertaga, 29 sentyabr kuni Tojikiston Respublikasiga tashrifni amalga oshiradi. Bu O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining Matbuot xizmati xabar berdi

Qayd etilishicha, Aripov boshchiligidagi Hukumat delegatsiyasi Dushanba shahrida Savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha Hukumatlararo komissiyaning 7-yig‘ilishida ishtirok etadi. 

Komissiya kun tartibida savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya, energetika, qishloq va suv xo‘jaligi hamda madaniy-gumanitar sohalarida va boshqa ustuvor yo‘nalishlarda ikki tomonlama amaliy hamkorlikni kengaytirishning dolzarb masalalari muhokama qilish nazarda tutilmoqda.

Tashrif doirasida O‘zbekiston – Tojikiston ishbilarmon doiralari vakillari o‘rtasida Biznes-forum va Ishbilarmonlar kengashining yig‘ilishini o‘tkazish rejalashtirilgan.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston-Tojikiston Abdulla Aripov

Baholaganlar

89

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing