Turkiya O‘zbekiston bilan aviaqatnovlarni qachon tiklashi ma’lum bo‘ldi

Olam

image

Turkiyaning Turkish Airlines aviakompaniyasi Istanbul-Toshkent reyslarining qayta tiklanish sanasini ma’lum qildi. Aviakompaniya saytida berilgan ma’lumotga ko‘ra, joriy yilning 1 iyulidan haftasiga to‘rt marta Istanbul-Toshkent-Istanbul reyslari amalga oshiriladi.

Samolyotlar Istanbuldan Toshkentga seshanba, chorshanba, shanba va yakshanba kunlari, Toshkentdan Istanbulga esa dushanba, seshanba, juma va shanba kunlari parvoz qiladi.

Aviakompaniya chiptalar sotuvga chiqarilganini va ularning narxi 588 AQSH dollariga teng.

Turkish Airlines Markaziy Osiyodagi Olma-ota, Nur-Sulton, Ashxobod, Bishkek va Dushanbe kabi shaharlarga ham parvozlarni tiklashini ma’lum qilgan.

Avvalroq, karantindan keyingi ilk xalqaro reys Janubiy Koreyadan kelishi haqida xabar bergan edik. Bundan tashqari, Tojikiston 1 iyuldan, Rossiya 15 iyuldn O‘zbekiston bilan aviaqatnovni tiklashi mumkinligi ma’lum qilingan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

640

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing