Andijon shahriga yangi hokim tayinlandi

Jamiyat

image

Andijon shahri hokimi Dilmurod Rahmatullayev lavozimidan ozod qilindi. Bu xabarni QALAMPIR.UZ`ga viloyat hokimligidan tasdiqlashdi.

Bugun, 26 avgust kuni xalq deputatlari Andijon shahar Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida Dilmurod Rahmatullayev lavozimidan ozod etilgani ma’lum qilindi. Yig‘ilishda Bahromjon Nosirboyevich Haydarov vaqtinchalik hokim vazifasini bajaruvchi sifatida tanishtirildi.

Bahromjon Haydarov 1972 yil tug‘ilgan, ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi - iqtisodchi, moliya. U 2018 yil fevral oyidan buyon Andijon viloyati hokimligi moliya bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgandi.

Eslatib o‘tamiz, Dilmurod Rahmatullayev 2016 yildan buyon Andijon shahriga hokimlik qilib kelayotgandi. U 2017 yilning kuzida Andijon shahridagi qator ta’lim muassasalarining rahbarlarini nojo‘ya so‘zlar bilan haqorat qilgani tasvirlangan audioyozuvlar tarqalib ketganidan keyin internetda mashhur bo‘lgandi.


Maqola muallifi

Teglar

tayinlov Andijon

Baholaganlar

118

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing