Fast-fud, sabzavotli salat va piyoz — dunyo yetakchilarining taomnomasiga nimalar kiradi?

Bu qiziq

image

Yevropalik olimlar bir necha nafar dunyo yetakchisining ovqatlanishini o‘zaro taqqosladi. Fast-fud mahsulotlari va “Kola” ichimligiga bo‘lgan muhabbati sabab AQSH Prezidenti Donald Tramp eng nosog‘lom ovqatlanuvchi rahbar, deya baholandi. Uning taomnomasini gamburger, tuxum va pishloqli sendvich, qovurilgan kartoshka, qovurilgan tovuq oyoqchalari, pitssa va muzqaymoq egallagan. Bu haqda “El Confidencial” nashri yozmoqda.

Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning hayot tarzi ijobiy baholandi. Bunga uning sport bilan muntazam shug‘ullanishi va qayta ishlangan go‘sht mahsulotlarini iste’mol qilmasligi sabab etib ko‘rsatildi. Putin piyoz, ko‘katlar va qaynatilgan tuxumni sevib iste’mol qilishini ko‘p bor ta’kidlagan.

Germaniya kansleri Angela Merkel ham sportchi rahbarlar qatoriga qo‘shilgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, u qayta ishlangan go‘sht mahsulotlaridan saqlanmasligiga qaramay, kanslerning ovqatlanish tartibi to‘la me’yorlashtirilgan. Masalan, u kunduzi nemis oshxonasiga — sousli sosiska, pyure va bir bokal pivo ichsa, kechki taomga sabzavotlar aralashtirilgan salat iste’mol qilishni ma’qul topadi. Bundan tashqari, Angela Merkel ba’zida chang‘i sporti bilan shug‘ullanadi yoki uzoq yurishni afzal biladi.

Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, Ispaniya Bosh vaziri Pedro Sanchesning bu borada ko‘rsatkichi juda yaxshi. Bu ajablanarli emas, chunki Ispaniya hukumatining boshlig‘ining yoshi 48 da va o‘z tengdoshlariga nisbatan ancha yosh ko‘rinadi.  Bundan tashqari, u dunyodagi eng sog‘lom deb hisoblanadigan O‘rta yer dengizi parheziga rioya qiladi. Ushbu parhez o‘z ichiga ko‘plab sabzavot va ko‘katlarni, shuningdek, grillda pishirilgan go‘sht va baliqni oladi.

Ispaniya Bosh vaziri, shifokorlar maslahatiga ko‘ra, ko‘p suv ichadi. Alkogolga kelsak, u doim qizil sharobni tanlaydi. Pedro Sanches sport bilan haftasiga uch marta shug‘ullanadi. U yugurish va velosipedda uchishni kanda qilmaydi.


Maqola muallifi

Teglar

Germaniya AQSh Rossiya Ispaniya

Baholaganlar

102

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing