Qirg‘izistonda COVID-19 dan vafot etganlar soni oshdi

Olam

image

Qirg‘izistonda koronavirus infeksiyasiga chalinganlar soni 843 kishiga yetdi, 11 bemor undan vafot etdi. Bu haqda bugun, 5 may kuni COVID-19 bilan kurashish bo‘yicha Respublika shtab-kvartirasi ma’lum qildi.

“2020 yil 5 may holatiga Respublikada SOVID-19 ning 13 ta yangi holati qayd etildi”, dedi shtab vakili.

Uning so‘zlariga ko‘ra, ushbu kasallikdan yana bir o‘lim holati qayd etilgan. “COVID-19 tashxisi qo‘yilgan 69 yoshli erkak vafot etdi. Shuningdek, unga ikki tomonlama pnevmoniya, uchinchi darajali o‘tkir nafas olish yetishmovchiligi, miya shishi tashxisi qo‘yilgan. Bemor, bundan tashqari, diabet kasalligi bilan og‘rigan va insulin olgan”, deyiladi xabarda.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Qirg‘izistonda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlarning umumiy soni 843 kishini tashkil etmoqda. 11 kishi vafot etdi. 600 kishi sog‘ayib, shifoxonalardan chiqarildi. Respublikadagi butun pandemiya davrida koronavirus uchun 58 mingdan ortiq test o‘tkazildi.

Kasallikning tarqalishi munosabati bilan respublikada favqulodda holat rejimi joriy etilgan. Bir qator shaharlarda, shu jumladan, poytaxtda favqulodda holat 10 maygacha uzaytirilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus Qirg'izistonda

Baholaganlar

160

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing