Yana bir tashkilot xodimlari poytaxt propiskasini olish imkoniga ega bo‘ldi

Jamiyat

image

Vazirlar Mahkamasining joriy yil 22 aprel kunidagi qarori bilan Mudofaa sanoati bo‘yicha davlat qo‘mitasi xodimlari Toshkent shahri va viloyati propiskasini olish imkoniga ega bo‘ldi. Bu haqida Adliya vazirligining telegramdagi “Huquqiy axborot” kanali ma’lum qildi.

Qarorga muvofiq Mudofaa sanoati bo‘yicha davlat qo‘mitasi rahbarlari xodimlarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish to‘g‘risida iltimosnoma kiritishi mumkin bo‘lgan davlat organlari va boshqa davlat tashkilotlari ro‘yxatiga kiritildi. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Prezident huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi rahbarlari ushbu imtiyozdan foydalanish huquqiga ega bo‘lishgan edi. 

Ma’lumot uchun, ro‘yxatda shu paytgacha 82 ta tashkilot mavjud edi.


Maqola muallifi

Teglar

Vazirlar Mahkamasi

Baholaganlar

33

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made