Olmazorda uchta uy yonib ketdi

Jamiyat

image

Bugun, 13 iyul kuni Toshkent shahar, Olmazor tumanida aholi turar joylarida yong‘in kelib chiqdi. Bu haqda Toshkent shahar yong‘in xavfsizligi boshqarmasi xabar qilmoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, soat 16:33 da, Olmazor tumani, Mirza G‘olib 3-tor ko‘chasi 6-uyning ichki va tom qismi 150 kv metr maydonida yonib ketgan. Yong‘inni tarqalishi natijasida 4-uyning tom qismi 25 kv.m. va Nozimaxonim 1-tor ko‘chasi 2-uyning tom qismi 25 kv metr maydonda yongan.
 
Yong‘indan 4-sonli uyning 100 kv metr va 2-sonli uyning 100 kv metr maydonidagi qurilmalari saqlanib qolingan.


Maqola muallifi

Teglar

yong'in Toshkent shahar YoXB

Baholaganlar

126

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing