Dubayda koronavirusga qarshi kurash yakunlanishi otlar paradi bilan nishonlandi
Olam
−
27 aprel 2020
9458Dubay politsiyasi COVID-19 koronavirusining tarqalishini yenggandan so‘ng, tarixiy Al-Ras tumanida otliqlar paradini o‘tkazdi. Parad va mahalliy aholining ushbu hodisani nishonlashi to‘g‘risidagi videolar ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.
Ta’kidlanishicha, so‘nggi ikki kun ichida mintaqada kasallikning yangi holati aniqlanmagan. Shu sababli, 2020 yil mart oyida joriy qilingan karantin rejimi olib tashlandi.
Ma’lum qilinishicha, o‘tgan oy davomida Amirlikning ulgurji bozorlari joylashgan Al-Ras va Nayif tumanlarida koronavirus uchun 6 mingdan ortiq test o‘tkazilgan. Shu bilan birga, mahalliy aholi politsiyaga epidemiyani yengishda faol yordam bergan. Birgalikda olib borilgan sa’y-harakatlar tufayli, tumanlar aholisi endi Dubay atrofida soat 06:00 dan 22:00 gacha sayohat qilishlari mumkin.
Kechasi, Dubayning qolgan qismida bo‘lgani kabi, karantin rejimi saqlanib qoladi.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Birlashgan Arab Amirliklarida koronavirus bilan bog‘liq 10 349 ta holat aniqlangan. Kasallanganlarning 1 978 nafari sog‘aygan, 76 nafari esa vafot etgan. Mavjud bemorlar soni 8 295 kishini tashkil qilmoqda.
LiveBarchasi