Yana bir debyutant Superligani durrang bilan boshladi

Sport

image

Samarqandning “Dinamo” klubi o‘z uyida Qarshining “Nasaf” jamoasini qabul qilib, 1:1 hisobida durrang qayd etdi.

Superliga debyutanti samarqandliklar yosh tarkibi bilan kuchli ishtiyoq namoyish etishdi. Dastlab, o‘yinning 12 daqiqasida qarshiliklar yarimhimoyachisi Dilshod Saitovning uzoqdan yo‘llagan oddiy zarbasi darvozabon Shohruhjon Eshbo‘tayevning qo‘pol xatosi tufayli darvoza to‘ridan o‘rin egalladi.

Ikkinchi taymda bosh murabbiy Davron Fayziyevdan  kerakli ko‘rsatmalarni olib maydonga qaytgan mezbonlar biroz bo‘lsada faollashishdi. Natijada jamoa hujumlari xavli tus ola boshladi va 51 daqiqada Sardor Eminovning qanotdan yetkazib bergan to‘pini Amirjon Safarov “Nasaf” darvozasiga joylab qo‘ydi.

“Dinamo” — “Nasaf” 1:1 

9 mart 2019. Samarqand. “Dinamo” stadioni. 16:00.

Hakamlar: Zokir Qodirov, Obid Jumayev, Ruslan Samandarov, Abdurashid Hudoyberganov.
Nazoratchi: Vladislav Seytlin.
Komissar: Muhammad Sodiq Ohunov.

Gollar: Dilshod Saitov 12, - 0:1 (Xurshidbek Muxtorov). Amirjon Safarov 51, - 1:1 (Sardor Eminov)

“Dinamo”: 12. Shohruhjon Eshbo‘tayev (1.Botirali Ergashev, 62), 2.Lokayev Mirkomil, 4.Hakimxon Alamxonov, 6.Akmal Xolmurodov, 10. Amirjon Safarov (14.Voxid Shodiyev, 75), 11. Qadamboy Nurmetov, 16. Bobur Qosimov, 18. Abbos Shodmonov, 21. Damir Temirov (7.Jasur Azimov, 66), 23. Sardorbek Eminov, 27.Ixtiyor Toshpulatov.

“Nasaf”: 1.Umidjon Ergashev, 5.G‘olib G‘aybullayev, 8.Dilshod Saitov, 9.Humoyun Murtozayev, 18.Bobir Davlatov, 19.Sardor Abduraimov, 22.Akmal Mozgovoy (20.Islom Kenjaboyev, 79), 27.Islom Rashidxonov, 28.Xurshidbek Muxtorov, 77.Oybek Bozorov (10.Bobir Abdixoliqov, 71), 92.Umarbek Eshmurodov.

Ogohlantirish: Hakimxon Alamxonov 82.
 


Maqola muallifi

Teglar

Dinamo Nasaf

Baholaganlar

14

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing