Ekvadordagi konchilar qishlog‘iga shafqatsiz hujum bo‘ldi

Olam

image

Ekvadorning janubi-sharqidagi mis qazib olish loyihasi boshqaruvchisi bo‘lgan ExplorCobres’ning ma’lum qilishicha, Esperanza konchilar qishlog‘ina noma’lum kimsalar shafqatsiz hujum uyushtirgan. Ular dinamitlarni portlatib, qishloqning ma’lum bir qismiga o‘t qo‘ygan. 

“Morona-Santyago provinsiyasida joylashgan La Esperanza konchilar lageriga dinamit va o‘qotar qurollar bilan hujum qilindi hamda hudud zo‘ravonlik yo‘li bilan bosib olindi. Ularning maqsadi mis qazib olishda muhim strategik loyihani amalga oshirga to‘sqinlik qilish bo‘lmoqda", deb ma’lum qilgan kompaniya Facebook’dagi o‘z sahifasida. 

Ma’lumotlarga ko‘ra, jinoyatchilar bir nechta ob’ekt, uskuna va avtomobillarni yoqishgan. Voqea sodir bo‘lgan vaqtda ishchilar o‘z o‘rnida bo‘lmagan.

Ekvador Energetika vazirligi mazkur hujumni qattiq qoraladi. U huquq-tartibot organlariga murojaat qilar ekan, hodisa yuzasidan qattiq surishtiruv olib borish zarurligini ta’kidladi. Fuqarolarni belgilangan komendant soatlariga qat’iy rioya qilishga chaqirdi.


Maqola muallifi

Teglar

Ekvador

Baholaganlar

211

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made