Namangandagi YTHda ota va 3 yashar qiz qurbon bo‘ldi
3-sahifa
−
03 Sentabr 2020
5562Namangan viloyatida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasida 33 yoshli erkak va uning 3 yoshli qizi vafot etdi. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar bermoqda.
Hodisa bugun, 3 sentyabr kuni soat 10:00 da Chust tumanidagi Varzik-Qoraqo‘rg‘on avtomobil yo‘lida sodir bo‘lgan. YTH 39 yoshli B.U. boshqaruvida bo‘lgan BMW rusumli avtomobil boshqaruvni yo‘qotishi natijasida kelib chiqqan.
Natijada BMW chap tomonidagi beton to‘siqqa urilgan. Oqibatda avtomobil salonida bo‘lgan 2 nafar yo‘lovchi – 33 yoshli M.U. va uning voyaga yetmagan 3 yashar qizi R.U. voqea joyida vafot etgan. Avtomobil haydovchisi va 3 nafar yo‘lovchi turli darajada tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.
Ushbu holat yuzasidan Chust tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi (odamlar o‘limiga sabab bo‘lgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Ahrorbek Hayrullayev
LiveBarchasi