O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxirasi ko‘paydi
Jamiyat
−
19 avgust 2020
6475O‘zbekistonning yalpi oltin-valyuta zaxiralari hajmi yil boshidan 5,6 mlrd dollarga ko‘payib, 1 avgust holatiga 34,7 mlrd dollarga yetdi. Bu haqda Markaziy bank xabar berdi.
Shulardan, valyuta aktivlari 13,6 mlrd dollarni (yanvar oyidan boshlab +1,1 mlrd dollar), quyma shaklidagi monetar oltinlar — 20,7 mlrd dollarni (+4,4 mlrd) tashkil etadi.
Sof oltin-valyuta zaxiralari yanvar oyidan beri 5,3 mlrd dollarga o‘sib, 33,9 mlrd dollarga yetdi.
LiveBarchasi