Koronavirusga qarshi kurashda OTB O‘zbekistonga 1 milliard dollar berishi mumkin

Jamiyat

image

Osiyo taraqqiyot banki (OTB) O‘zbekistonning koronavirus tarqalishi bilan bog‘liq tibbiy ehtiyojlari uchun 200 ming AQSH dollariga teng miqdorida grant ajratilishini ma’qulladi. Bu haqda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Kecha, 1 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazir o‘rinbosari - Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzoqov va OTB Prezidenti Masatsugu Asakava o‘rtasida videokonferensiya formatida suhbat bo‘lib o‘tdi. Unda koronavirus tarqalishidan O‘zbekiston aholisini himoyalash va global pandemiyaning mamlakatdagi ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlariga ta’sirini yumshatish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar hamda mazkur masalalarda OTBning O‘zbekistonga ko‘rsata oladigan yordami mexanizmlari muhokama qilindi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, bank tomonidan Respublika sog‘liqni saqlash tizimini har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilgan qo‘shimcha mablag‘larni jalb qilish istiqbollari ko‘rib chiqilmoqda.

Bundan tashqari, yaqin kunlarda Bank rahbariyati tomonidan va pandemiyada sharoitida O‘zbekiston iqtisodiyoti rivojlanishini rag‘batlantirish va barqarorligini ta’minlash uchun qo‘shimcha moliyaviy resurslarni ajratish masalasini ko‘rib chiqiladi.

Suhbat davomida OTBning O‘zbekistonga 1 milliard AQSH dollarigacha byudjet mablag‘larini ajratish to‘g‘risidagi arizasini ko‘rib chiqish masalasi alohida muhokama qilindi. Masatsugu Asakava ushbu masalani hal qilish uchun Bankda alohida guruh tuzganligi va ushbu masalani ma’qullash va moliyaviy yordam mablag‘larini ajratish jarayonlarini tezlashtirish uchun barcha sa’y-harakatlar amalga oshirilishini ma’lum qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

OTB

Baholaganlar

96

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing