Yong‘in sodir bo‘lgan yirik bozor hududidan tezkor fotoreportaj

Jamiyat

image

Avvalroq, bugun, 27 iyun kuni Toshkent shahrida joylashgan yirik bozorlardan biri “Bek to‘pi” qurilish mollari bozorida katta yong‘in kelib chiqqani haqida xabar bergan edik.

QALAMPIR.UZ muxbirining yong‘in joyidan xabar berishicha, “Bek to‘pi” bozorining yuk saqlash omborlaridan birida yong‘in kelib chiqqani haqida Toshkent vaqti bilan soat taxminan 16:04 da davlat yong‘in xavfsizligi xizmatiga ma’lumot kelib tushgan.

“DYOXXning o‘t o‘chirish bo‘limi xodimlarining birinchi guruhi 16:11 da voqea joyiga yetib keldi. Yong‘in 16:38da qurshab olingan va 16:52da to‘liq bartaraf etildi”, deydi Chilonzor tumani yong‘in xavfsizligi bo‘limi boshlig‘i podpolkovnik Abdurahmon Ahmedov.

Ma’lum bo‘lishicha, yong‘in natijasida jabrlanganlar yo‘q. Yuk saqlash omborlarida kelib chiqqan yong‘in 250 metr kv joyni qamrab olgan. Hozirda yong‘inning kelib chiqish sabablari va u keltirgan zarar miqdori aniqlanmoqda.

Fotomuxbir Akbar Jiyanov


Maqola muallifi

Teglar

Yong'in Bek to'pi

Baholaganlar

123

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made