Karantinda xonani shamollatish ham mumkin emasmi?

Jamiyat

image

O‘zbekistonda karantin vaqtida barchadan uyda qolishi va zarurat bo‘lmaganda ko‘chaga chiqmaslik so‘ralyapti. Ba’zi fuqarolarda bu oynalarni ham yopib, xonani shamollatishni ham to‘xtatib qo‘yish kerak degan fikr paydo qildi. Bu to‘g‘rimi?

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘i Nurmat Otabekov brifing vaqtida shu masalaga aniqlik kiritdi.

“Virus (yo‘talganda, aksirganda, gaplashganda) “nam” havo zarrachalari bilan havoda bir muddat turishi mumkin, keyin u o‘z og‘irligi bilan yerga tushib ketadi. Virusning o‘zi havoda muallaq uchib yurmaydi. 

Ko‘p qavatli uylar derazasini ochib qo‘yganiga kelsak, ular to‘g‘ri qilishgan, yuqorida aytganimizdek imkon qadar xona havosini tez-tez yangilab tursangiz, u yerdagi viruslar miqdori (konsentratsiyasi) kamroq bo‘ladi”, deydi Nurmat Otabekov.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Ayni vaqtga kelib, O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar 133 nafarga yetdi.

Qadrli yurtdoshlar, karantin davrida zarurat bo‘lmasa, ko‘chaga chiqmang. Vaqtni oilangiz, farzandlaringiz davrasida o‘tkazing. Unutmang, #UydaHayotBor


Maqola muallifi

Teglar

koronavirus

Baholaganlar

346

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing