Uyda o‘tirish tavsiya etiladi. Ertaga ayrim hududlarda qor yog‘adi

Bu qiziq

image

Gidrometeorologiya xizmati markazi ertaga, 9 aprel kuni O‘zbekistonda kuzatiladigan ob-havo haqida ma’lumot berdi.

Toshkent shahri. Havo o‘zgarib turadi, kechasi va ertalab yomg‘ir yog‘adi, qorga aylanishi mumkin, kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-2, kunduzi 7-9 daraja iliq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3 daraja sovuq-2 daraja iliq, kunduzi 7-12 daraja iliq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5, ba’zi joylarda 2 daraja sovuqgacha, kunduzi 7-12 daraja iliq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, kechasi va ertalab yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda qorga aylanishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi Harorat kechasi 0-5 daraja iliq, ba’zi joylarda 1 daraja sovuqgacha, kunduzi 5-10 daraja iliq bo‘ladi. 

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, kechasi va ertalab yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda qorga aylanishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi Harorat kechasi 0-5, 8-13 daraja iliq bo‘ladi. 

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, kechasi va kunning birinchi yarmida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, qorga aylanishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-8, 7-12 daraja iliq bo‘ladi. 

Respublikaning tog‘li hududlari. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘ladi, ba’zi joylarda kuchli bo‘lishi mumkin. Tuman tushishi mumkin. Toshkent va Namangan viloyatlarining tog‘ xududlarida (1800 m dan yuqorida) qor qo‘chishi xavfi bor. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi va kunduzi 0-5 daraja sovuq bo‘ladi.


Maqola muallifi

Teglar

ob-havo

Baholaganlar

117

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing