Nisholdani uy sharoitida qanday tayyorlash mumkin?

Foydali

image

Nisholda milliy shirinlik bo‘lib, asosan ro‘za vaqtlarida hayit kunlarida va hatto to‘y-tantanalarda ham tayyorlanadi.

Nisholda – yetmak daraxti ildizining qaynatmasi, tuxum oqi, shakar qiyomi bilan aralashtirish yo‘li bilan tayyorlangan yengil shirinlikdir. 1 kg nisholdani tayyorlash uchun 900 gr shakar, 10-12 tuxum oqi, 1 gr limon kislotasi, 0,1 gr vanilin kerak bo‘ladi.

Tayyorlash usuli:

Yetmak ildizi yuvib, maydalanadi, ko‘proq suv quyib qaynatiladi. Tayyor qaynatma setkadan o‘tkazilib, suvi olinadi. Nisholda asosan misqozonda tayyorlanadi. Shuning uchun, sovitilgan qaynatma, shu qozonga solinadi va tuxum oqi bilan ko‘pirtiriladi. Bu jarayonda qandolatchilar behi novdalaridan foydalanishadi, siz uy sharoitida maxsus ko‘pirtirgichlardan foydalanishingiz mukin.

Shakar qiyomini tayyorlash uchun, 1 kg shakarga 300 ml suv solinadi. Shakar eriguncha muntazam aralashtirib qaynatiladi, so‘ngra limon kislotasi qo‘shiladi va harorati +55–60 S gacha sovitilib, u ham misqozonga oz-ozdan solinib ko‘pirtiriladi. Nisholdaga ta’bga ko‘ra vanilin ham qo‘shishingiz mumkin. Ko‘pirtirishga 2 soat vaqt sarflanadi. Tayyor bo‘lgan nisholdani sovitib, yana bir marotaba aralashtirasiz, shundan so‘nggina nisholda tayyor bo‘ladi. 

Ko‘pchiligimiz sevib iste’mol qiladigan nisholdaning, inson salomatligiga, ayniqsa, oshqozonimizga foydasi katta Ro‘za tutgan inson uchun ushbu yengil hazm bo‘luvchi shirinlik ayni muddao hisoblanadi.


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

204

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing