Yurgen Klopp: “Saloh boshiga qattiq zarba qabul qildi”.

Sport

image

— “Men Salohning raqib darvozabonidan qabul qilib olgan zarbasi haqida eshitdim. Muhammad Saloh yerda yotgan edi. Vrach qaror qabul qilish kerak edi va qildiyam. Albatta, biz uning qaroriga qo‘shilamiz. Saloh kiyinish xonasi o‘tirib o‘yinning borishini televiziordan kuzatib turdi. Xullas, unda hammasi joyida, lekin nima bo‘lishini kutamiz, albatta. Axir, Saloh boshiga qattiq zarba qabul qildi”, — deya Yurgen Kloppdan iqtibos keltiradi “Liverpul” rasmiy sayti.

Saloh olgan jarohati sabab “Barselona” bilan o‘tadigan javob o‘yinini va Angliya chempionati doirasidagi “Vulverxempton”ga qarshi o‘yinlarni o‘tkazib yuborishi ehtimoli katta.   

Ta’kidlash kerakki, “Nyukasl” bilan o‘tgan o‘yin “Liverpul” o‘yinchilari uchun juda og‘ir kechdi. UEFA Chempionlar ligasidagi “Barselona” bilan kechgan mag‘lubiyatdan so‘ng bu natijaga erishish oson bo‘lmadi. 

Van Deyk, Saloh va Origilarning goli “Liverpul”ga “Nyukasl” ustidan irodali g‘alabani taqdim etdi. 

Ma’lumot uchun, Muhammad Saloh ushbu o‘yinda urgan golidan so‘ng chempionatda 22 gol bilan peshqadam bo‘lib turibdi. Uning eng yaqin ta’qibchilari jamoadoshi Sadio Mane hamda “Manchester Siti” forvardi Serxio Aguyero hisobida 20 tadan gol mavjud


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

82

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing