Qit’a chempionatida ishtirok etuvchi O‘zbekiston tarkibi e’lon qilindi

Sport

image

Joriy yilning 16-29 aprel kunlari Xitoyning Ninbo shahrida og‘ir atletika bo‘yicha kattalar o‘rtasida Osiyo chempionati bo‘lib o‘tadi. Qit’aning eng kuchli atletlarini jamlaydigan mazkur Osiyo chempionatida o‘zbekistonlik sportchilar ham ishtirok etishadi. Bu haqda MOQ Matbuot xizmati xabar bermoqda.

O‘zbekiston og‘ir atletika federatsiyasi raisining birinchi o‘rinbosari Shahrullo Mahmudov boshchiligidagi delegatsiya ayni paytda mazkur turnirga qizg‘in hozirlik ko‘rmoqda. 

Musobaqada ishtirok etuvchi O‘zbekiston terma jamoasi tarkibi bilan tanishing:
Erkaklar:

-73 kg: Adhamjon Ergashev va Doston Yoqubov
-96 kg: Farhod Sobirov
-102 kg: Sunnatilla O‘sarov
-109 kg: Akbar Jo‘rayev
+109 kg: Rustam Jangabayev

Ayollar:

-55 kg: Muattar Nabiyeva
-87 kg: Dolera Davronova

Ta’kidlash joiz, qit’a va jahon chempionatlari Tokio Olimpiadasi uchun eng ko‘p reyting ochkolarini taqdim etadi.


Maqola muallifi

Teglar

Osiyo chempionati

Baholaganlar

12

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing