“O‘ztemiryo‘lnazorat” sobiq boshlig‘i vafot etdi

Jamiyat

image

"O‘ztemiryo‘lnazorat" Davlat inspeksiyasi sobiq boshlig‘i Bahodir Yusupov 75 yoshida vafot etdi. Bu haqda "O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ xabar bermoqda.

Bahodir Yusupov 1945 yil 22 iyunda tavallud topgan. 1968 yilda Toshkent temir yo‘l muhandislari institutini tamomlagan. 

U ilk mehnat faoliyatini O‘rta Osiyo temir yo‘li Toshkent teplovoz zavodining oddiy ishchisi sifatida boshlab, o‘zining tirishqoqligi, mehnatsevarligi va talabchanligi bois tizim tasarrufidagi qator korxona va tashkilotlarda turli lavozimlardan, shu jumladan, muovin va keyinchalik rahbarlik lavozimlarida mehnat qilgan. 

Shuningdek, mustaqillik yillarida O‘zbekiston temir yo‘llari boshqarmasida boshqaruv raisining o‘rinbosari, so‘ng birinchi o‘rinbosari-bosh muhandis lavozimlarida faoliyat yuritgan.

Bahodir Yusupov "Mustaqillik",  "O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 10 yilligi" esdalik nishonlari,  "Faxriy temiryo‘lchi" belgisi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan transport xodimi" faxriy unvonlariga sazovor bo‘lgan.  

Xabarda Bahodir Yusupovning vafoti sabablari aytilmagan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

347

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing