“Bukhara City”ning hududi “Tashkent City”nikidan kattaroq

Jamiyat

image

Xabaringiz bor, oldinroq Buxoro shahrida “Bukhara City” zamonaviy ishbilarmonlik va turar joylar markazi barpo qilinishi haqida ma’lum qilgan edik.

Ma’lum bo‘lishicha, Buxoro shahrining belgilangan hududlarida samarasiz foydalanilayotgan ob’ektlar, bino va inshootlar egallagan jami 83 gektar maydonda “Bukhara City” zamonaviy ishbilarmonlik va turar joylar markazi barpo qilinadi. “Bukhara City” hududi jihatidan poytaxt Toshkent shahrida qurilayotgan “Tashkent sity”dan katta hisoblanadi.

Majmua hududida muzey, xalqaro konferensiya va forumlar o‘tkazish uchun “Ekspomarkaz”, biznes markazi, kinoteatr, teatr, kutubxona, banklar, ofislar, turar joy binolari va boshqa zamonaviy ob’ektlarni joylashtirishga ustivorlik beriladi.

“Bukhara City” hududida ob’ektlarni qurish va ulardan foydalanish direksiyasi tashkil etildi. Mazkur majmuani barpo etish jarayonida zarur tadbirlarni tashkillashtirish va investitsiya loyihalarini ko‘rib chiqish bo‘yicha viloyat kengashi tarkibi tasdiqlandi.

Ma’lumot uchun, “Tashkent sity”ning hududi 80 gektar bo‘lib, u 8 ta lotga bo‘linadi. U yerda biznes-markazlar, savdo majmualari, mehmonxonalar, ofislar, Kongress-xoll, ko‘rgazma zallari, Brodvey ko‘chalari, turar-joylar, ijtimoiy soha ob’ektlari, maydoni 20 gektarga yaqin bo‘lgan yerda bog‘ tashkil etilib, ichida ikki gektarlik sun’iy ko‘l va favvoralar bunyod etiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Bukhara City Tashkent sity

Baholaganlar

38

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing