Mo‘ynoqqa ilk samolyot qo‘ndi
Jamiyat
−
26 avgust 2020
5454Bugun, 26 avgust kuni Mo‘ynoqdagi yangi aeroportga ilk reys amalga oshirildi. Bu haqda qorapqalpoq mahalliy OAV xabar beryapti.
Ma’lum bo‘lishicha, Mo‘ynoq shahrida yangidan qad rostlagan aeroportga birinchi samolyot va yo‘lovchilar borib qo‘ngan. Mazkur yangi reysda yo‘lovchilar Airbus A-320 samolyotida Mo‘ynoqqa borishgan.
Eslatib o‘tamiz, ushbu Mo‘ynoq aeroporti yengil samolyotlar, barcha turdagi vertolyotlarning zaxira maydoni bo‘lib, aviatsiya ishlari uchun foydalaniladi.
Ahrorbek Hayrullayev
LiveBarchasi