Samarqandni yana suv bosdi

Jamiyat

image

Xabaringiz bor, joriy yilning 29 mart kuni kuchli yog‘ingarchilik oqibatida, Samarqand shahrining bir qator joylarini suv bosgan edi.

Bugun, 16 aprel tongda yana Samarqand hududida kuchli yog‘ingarchilik kuzatilgan. Natijada yana bir qancha huddularni suv bosgan. Bu haqda “Xalq so‘zi” xabar tarqatdi.

Xabar berilishicha, sahardan boshlab yog‘gan yomg‘ir Samarqand shahri ko‘chalarini yana xarob ahvolga keltirib qo‘ydi. Shaharning bir qator ko‘chalarini yana suv bosdi.

Ayniqsa xalq tilida “Makaronka” nomi bilan mashhur bo‘lgan ko‘chadagi drenaj tizimlari ham yig‘ilgan suvga dosh bera olmagan.


Maqola muallifi

Teglar

Samarqand

Baholaganlar

74

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing