Inkassator xizmati uchun haq buyurtmachi tomonidan to‘lanadigan bo‘ldi

Jamiyat

image

Hukumatning ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritildi. Unga ko‘ra, 1 martdan inkasator xizmati uchun haq buyurtmachi tomonidan to‘lanadi. 

Kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, 2020 yil 1 martdan boshlab, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning naqd pullarini bankka inkassator orqali yetkazib berilgani uchun xizmat haqi shartnoma asosida buyurtmachi tomonidan to‘lanadi.

Ma’lumot o‘rnida: Hozirda inkassatsiya xizmati xarajatlari tijorat banklari tomonidan qoplanib kelinmoqda.

Bundan tashqari, ichki ishlar xodimlariga imtiyozli shartda turar joy sotib olish, qurish va rekonstruksiya qilishga uzoq muddatli ipoteka krediti tijorat banklarning o‘z mablag‘lari va jalb etiladigan mablag‘lar hisobiga berilganida kreditning foiz stavkasi bank va qarz oluvchi o‘rtasida tuzilgan bitim bo‘yicha belgilanadi.

Bugungi kunda foiz stavkasi qayta moliyalashtirish stavkasining ikki foizdan ortiq bo‘lmagan miqdorida belgilanmoqda.

“Qaror e’lon qilingan kundan e’tiboran 3 oydan so‘ng kuchga kiradi”, deyiladi xabarda.

Sarvar Anvar o‘g‘li


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

86

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing