“Hozirgi vaziyat meni juda xavotirga solmoqda”. Nazarboyev Xavfsizlik kengashi yig‘ilishini o‘tkazdi

Olam

image
Jeenbekov va To‘qayev Jambildagi mojaro haqida gaplashib oldilar north_east

Jeenbekov va To‘qayev Jambildagi mojaro haqida gaplashib oldilar

Mojarodan so‘ng 24 mingdan ortiq qozog‘istonliklar Qirg‘izistonga ketdi north_east

Mojarodan so‘ng 24 mingdan ortiq qozog‘istonliklar Qirg‘izistonga ketdi

Qozog‘iston Respublikasining Birinchi Prezidenti – Elboshi Nursulton Nazarboyev bugun, 11 fevral kuni mamlakat Xavfsizlik Kengashi yig‘ilishini o‘tkazib, Jambil viloyati Korday tumanida yuz bergan ommaviy tartibsizliklarga munosabat bildirdi. 

Uchrashuv davomida Jambil viloyati Korday tumanidagi vaziyat, biologik xavfsizlikni ta’minlash va koronavirus infeksiyasining tarqalishiga qarshi kurash masalalari ko‘rib chiqilgan. 

Yig‘ilishda Nursulton Nazarboyev Kordayda yuz bergan voqealar natijasida halok bo‘lganlarning oilalariga ta’ziya izhor etdi va barcha jabrlanganlarga tezroq sog‘ayib ketishni tiladi. 

“Hozirgi vaziyat meni juda xavotirga solmoqda. Xalqimiz bilan birgalikda ushbu 30 yil ichida biz juda katta qiyinchiliklarni boshdan kechirdik. Yoshlar bu muammolarni tasavvur ham qila olmaydi. Qozog‘istonda 130 ta korxona o‘z faoliyatini to‘xtatdi, 2,5 million kishi ishsiz va daromadsiz qoldi, uylarida issiqlik yo‘q edi, oziq-ovqat yetishmovchiligi mavjud edi. Biz bularni birgalikdan boshimizdan kechirdik”, deydi Elboshi. 

Xavfsizlik Kengashi raisi Qozog‘iston mustaqillikka erishgandan keyin ijtimoiy va iqtisodiy sohalarda katta qiyinchiliklarni boshdan kechirganini esladi. 

“Agar biz ko‘p millatli xalqimizni birlashtira olmasak va barqarorlikni ta’minlamasak, bugun mamlakatimizga xorijiy investitsiyalar kelmaydi, iqtisodiyot rivojlanmaydi. Albatta, davlat rahbarlari oldiga tegishli vazifalar qo‘yilgan, ammo tinchlik va hamjihatlikni saqlash,eng avvalo xalqimizning burchidir”, deydi Nursulton Nazarboyev. 

Nazarboyev vaziyatning sabablarini sinchkovlik bilan o‘rganish va aybdorlarni qonun normalariga muvofiq jazolashni buyurdi. 

“Bu muammo katta avlodni tashvishga solishi kerak. Mening mening maqsadim – Qozog‘istonni kelajak avlod g‘ururlanadigan darajaga ko‘tarish. Keksa avlodning vazifasi – umumiy maqsadimiz mustaqil, rivojlangan va barqaror davlatni barpo etish ekanligini odamlarga tushuntirishdir”, deydi Xavfsizlik Kengashi raisi. 

Elboshining ta’kidlashicha, hozirgi vaqtda Prezident Qosim-Jomart To‘qayevning topshirig‘iga binoan hukumat va viloyat hokimligi zarar ko‘rgan aholi punktlarida normal hayotni tiklash choralarini ko‘rmoqda. 

Shuningdek, mahalliy ijroiya va huquqni muhofaza qilish organlari, Qozog‘iston xalqlari assambleyasi va uning mintaqaviy bo‘linmalarining ish sifatiga alohida e’tibor qaratilyapti. 

“Assambleya va uning mintaqaviy idoralari faol bo‘lib, bunday vaziyatlarni nazoratga olishlari kerak. Bu bizning umumiy vazifamizdir”, deydi sobiq Prezident.

Eslatib o‘tamiz, 7 fevral kuni Jambil viloyati Korday tumani Masancha qishlog‘ida ommaviy mushtlashuv boshlangan. Tartibsizliklar oqibatida 10 kishi halok bo‘ldi, 40 kishi jarohat oldi. Politsiya 50 kishini qo‘lga oldi.

O‘t qo‘yish oqibatida 30 ta uy, 15 ta do‘kon va 23 dona avtomashiga zarar yetkazildi.  Voqea joyida hukumat komissiyasi tekshiruv ishlarini olib bormoqda.

Tartibsizliklar vaqtida 47 kishi hibsga olingan.

Voqealardan so‘ng, Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev Jambil viloyati hokimi Asqar Mirzaxmetovni ishdan bo‘shatish to‘g‘risidagi farmonga imzo chekdi.


Maqola muallifi

Teglar

Korday Nursulton Nazarboeva

Baholaganlar

130

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing