Belorussiya Rossiyaga: “Sen bo‘lmasang boshqasi”

Olam

image

So‘nggi vaqtlarda Belorussiya va Rossiya o‘rtasiga neft-gaz savdosi bo‘yicha sovuqchilik tushgan. Bu masala yuzasidan bugun Belarus Prezidenti Aleksandr Lukoshenko hozirda mamlakatda mehmon bo‘lib turgan AQSH Davlat kotibi Mayk Pompeo bilan suhbalashdi.

AQSH davlat kotibi Mayk Pompeoning aytishicha, Amerika kompaniyalari Belarusning neftga bo‘lgan ehtiyojini to‘liq qondirishga tayyor.

“Qo‘shma Shtatlar Belorussiyaga o‘z suveren davlatini yaratishda yordam berishni istaydi. Bizning energiya ishlab chiqaruvchilarimiz sizga kerakli mahsulotni raqobatbardosh narxlarda berishga tayyor”, deydi Pompeo.

Eslatib o‘tamiz, AQSH davlat kotibi Yevroosiyo safarini Belorussiyadan boshladi. Pompeoning Minskka tashrifidan maqsad "AQSHning suveren, mustaqil, barqaror va gullab-yashnayotgan Belarusga sodiqligini tasdiqlashdir".

Ma’lumot uchun, Belorussiya Rossiyadan arzon narxda neft sotib olish to‘g‘risida kelishuvga erisha olmadi. Rossiya neftini Belorussiyaga yetkazib berish to‘xtatildi. Shundan so‘ng, rasmiy Minsk Norvegiyadan neft sotib olishni, shuningdek, boshqa davlatlardan sotib olish imkoniyatlarini izlay boshladi. Shu bilan birga, Belarus ilgari neftni faqat Rossiyadan sotib olardi va u quvur orqali yetkazib berilar edi.

Eslatib o‘tamiz, AQSH Davlat kotibi Mayk Pompoye 3 fevral kuni Toshkent shahrida “C5+1” shaklida navbatdagi vazirlar uchrashuvida qatnashish uchun O‘zbekistonga tashrif buyuradi.

Nurulloh Sharipov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

397

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing