Qoraqalpog‘istondagi ruhiy kasalliklar shifoxonasida aslida nima bo‘lgan edi?

Jamiyat

image

Joriy yilning 16 yanvar kuni “Telegram” messenjerida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Amudaryo tumanida Psixiatr qabuliga kelgan yoshi taxminan 40-45 larda bo‘lgan fuqaro poliklinika binosining ikkinchi qavatidan o‘zini tashlamoqchi bo‘lganligi haqidagi videolar tarqaldi. Ichki ishlar vazirligi ushbu voqeaga o‘z munosabatini bildirdi.

Ma’lum bo‘lishicha, shu kuni soat taxminan 08:30 larda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Amudaryo tumani, «Qilichboy» ovul fuqarolar yig‘inida yashovchi fuqaro profilaktika inspektori leytenant A.Yuldoshevga telefon qilib, akasi Q.E.ning ruhiy kasalligi qo‘zg‘igani, o‘ziga pichoq urmoqchi bo‘layotganini ma’lum qilgan.

Profilaktika inspektori A.Yuldoshev chaqirilgan manzilga yetib borgan. Fuqaro Q.E. o‘z uyida oshxona pichog‘ini o‘ziga urmoqchiligini aytib, baqir-chaqir qilayotganiga guvoh bo‘lgan. Uni tinchlantirib, qo‘lidagi pichoqni olib qo‘ygan. Tegishli hujjatlarni rasmiylashtirish uchun uni ruhiy kasalliklar shifoxonasiga olib borgan. 

“Tuman markaziy shifoxonasining ikkinchi qavatida ushlab turilgan vaqtida fuqaro Q.E. qochish niyatida ikkinchi qavat derazasini oshib o‘tib pastga sakramoqchi bo‘lgan vaqtida profilaktika inspektorlari A.Yuldoshev va M.Dusenbayev uni ushlab qolgan”, deyiladi xabarda.

Ayni damda Q.E. Nukus shahridagi ruhiy-asab kasalliklar shifoxonasiga yotqizilgan.

Sarvar Anvar o‘g‘li


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Qoraqalpog'iston

Baholaganlar

170

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing