UzAuto Motors 2019 yildagi eng xaridorgir mashinasini ma’lum qildi

Jamiyat

image

UzAuto Motors kompaniyasi 2019 yilda avtomobil ishlab chiqarishni necha foizga oshirganini ma’lum qildi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

2019 yilning yanvar-dekabr oylarida 51 824 ta Damas avtomobili (o‘sish sur’ati 149,7 foiz) ishlab chiqarilgan bo‘lsa, Gentra modeli 44 508 dona (o‘sish sur’ati 133,6 foiz), Spark 24 249 dona (o‘sish sur’ati 83,4 foiz), Labo 7 288 dona (o‘sish sur’ati 98,7 foiz) hamda Tracker rusumi 7 930 dona ishlab chiqarildi.

Shuningdek, o‘tgan yilning yanvar-dekabr oylarida eng xaridorgir model sifatida Nexia 3 avtomobili tanlandi. UzAuto Motors mazkur rusumdagi avtomobildan yil davomida 73 151 dona ishlab chiqardi. Bu esa 2018 yilga nisbatan yilning mos davriga qaraganda 123,3 foiz ga oshganini ko‘rsatadi.

Qolaversa 2019 yilning yanvar-dekabr oylarida 56 211 dona Cobalt avtomobili ishlab chiqarildi. Bu ko‘rsatkich 2018 yilning mos davriga nisbatan 149,4 foizga oshganini ko‘rsatadi.

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, 2019 yilning yanvar-dekabr oylarida 5 944 dona Malibu avtomobili ishlab chiqarildi. Bu ko‘rsatkich 2018 yilning shu davriga nisbatan olib qaraganda 89,7 foizga oshganini ko‘rsatadi.


Maqola muallifi

Teglar

UzAuto Motors xaridor

Baholaganlar

269

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing