Abituriyentlar 5 tagacha ta’lim yo‘nalishini tanlashi mumkin

Jamiyat

image

Joriy yilda abituriyentlar 5 tagacha oliy ta’lim muassasiga hujjat topshirishi mumkin bo‘ldi. Bu haqda Oliy va shrta maxsus ta’lim vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.

“Abituriyentlarga test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi hamda fanlar ketma-ketligi bir xil bo‘lgan beshtagacha bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha tanlovda ishtirok etish huquqi berildi”, deyiladi xabarda.

Shuningdek, kirish test sinovlari abituriyent tanlagan bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga mos ikkita fandan o‘tkaziladi

Bundan tashqari, abituriyentlarni ro‘yxatdan o‘tkazish joriy yilning 20 iyunidan 20 iyuliga qadar (20 iyul kuni ham) bo‘lgan muddatda quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

Respublika maxsus komissiyasi tomonidan belgilangan hududlarda – Davlat xizmatlari markazlari orqali. 

Barcha hududlarda:

– Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali 
– Davlat test markazining rasmiy veb-sayti (www.dtm.uz) orqali.

Avvalroq, abituriyentlarni ro‘yxatdan o‘tkazish 15 iyundan 15 iyulgacha o‘tkazilishi aytilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

OTM imtihon

Baholaganlar

362

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing