O‘zbek mutaxassisi Butunjahon bojxona tashkilotida ish boshladi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi bosh inspektori Ulug‘bek Tadjiyev Butunjahon bojxona tashkilotining Karerani oshirish dasturida muvaffaqiyatli ishtirok etdi va yakunda g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

Endilikda u Butunjahon bojxona tashkilotining Bojxona xizmatlari salohiyatini mustahkamlash bo‘limida faoliyat olib boradi. Bu esa shubhasiz Ulug‘bek Tadjiyevga mazkur yo‘nalishda zamonaviy bilim va professional tajriba orttirish imkonini beradi.

Ulug‘bek Tadjiyevni jamoaga shaxsan Butunjahon bojxona tashkiloti bosh kotibi Kunio Mikkuria tanishtirdi.

Ma’lumot uchun, Butunjahon bojxona tashkiloti 1947 yil sentyabr oyida Fransiya tashabbusi bilan Yevropa iqtisodiy hamkorlik qo‘mitasi (keyinchalik - Tashkilot) doirasida tashkil etilgan.

Guruhning ishi 1947 yil 10 noyabrdan 1950 yil 28 iyungacha davom etdi. Bu davrda 6 yig‘ilish bo‘lib o‘tdi, ularda bojxona ittifoqini tuzish uchun zarur bo‘lgan bojxona qonunlarini uyg‘unlashtirishning asosiy jihatlari (umumiy tovar nomenklaturasi, bojxona maqsadlari uchun tovarlarni baholash, bojxona tarif stavkalari turlari va boshqalar) aniqlandi. 1950 yilda ushbu guruhning ishi Bryusselda Konvensiyaning imzolanishiga olib keldi, unga binoan Bojxona bo‘yicha hamkorlik kengashi (BBHK) tuzildi. 

1953 yil 26 yanvarda Kengashning 17 ta ta’sischilari ishtirokida inauguratsiya marosimi bo‘lib o‘tdi. 1994 yilda BBHK Butunjahon bojxona tashkiloti deb nomlandi. 
 


Maqola muallifi

Teglar

Butunjahon bojxona tashkiloti Ulug'bek Tadjiev

Baholaganlar

47

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar