“The Guardian”: Koronavirus Yerning uchdan ikki qismini qoplab olishi mumkin

Olam

image

Koronavirus epidemiyasi Yer sayyorasining uchdan ikki qismini qoplab olishi mumkin. Gongkonglik yetakchi epidemiolog, professor Gabriel Lyan ana shunday fikrda, deb yozmoqda “The Guardian” nashri.  

Ekspertning hisob-kitoblariga ko‘ra, virus bilan zararlangan har bir kishi 2,5 odamga ushbu kasallikni yuqtirishi mumkin. Professorning fikricha, bu Yer yuzidagi 60-80 foiz aholi degani. Uning ta’kidlashicha, koronavirusdan o‘lim holati 1 foizni tashkil etsada, umumiy miqdorda bu katta sonni keltirib chiqaradi.

Epidemiologning ta’kidlashicha, asosiy vazifalardan biri epidemiya ko‘lamini aniqlash va Xitoy tomonidan virus tarqalishini oldini olish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralarning samaradorligini amalda tatbiq etishdir. Uning ma’lum qilishicha, agar samarali bo‘lsa, boshqa davlatlar Xitoy qo‘llayotgan choralarni o‘zlarida sinab ko‘rishlari lozim.

Avvalroq, Xitoy hukumatining epidemik tibbiy maslahatchisi Chjun Nanshan koronavirus epidemiyasi fevral oyida avjiga chiqishi, shundan so‘ng mo‘’tadillashib, pasaya boshlashini ma’lum qilgan edi


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

389

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing