Pompeo: AQSH Turkiyaga operatsiya boshlash uchun ruxsat bermadi

Olam

image

Avvalroq, Turkiya qo‘shinlari Suriya shimolida kurdlarning “O‘z-o‘zini mudofaa qilish kuchlari”ga qarshi harbiy harakatlar boshlagani haqida xabar bergan edik. Unda Turkiyaning Suriyadagi harakatlari ko‘plab davlatlarning noroziligiga sabab bo‘lgani aytilgandi.

Suriyada uzoq davom etgan urushda AQSHning asosiy ittifoqchisi bo‘lgan kurdlarga hujum urush yillarining eng muhim voqeasi bo‘lishi mumkin, deb yozmoqda “Reuters” agentligi.

Agentlik Turkiya hukumatining BMT Xavfsizlik kengashiga yuborgan xatidan iqtibos keltirib ma’lum qilishicha, harbiy operatsiya proporsional, muvozanatli va mas’uliyatli bo‘ladi. Bugun Suriya shimoli-sharqidagi vaziyat bo‘yicha Fransiya, Germaniya, Belgiya va Polsha tashabbusi bilan BMT Xavfsizli kengashi chaqirilgan.

AQSH Davlat kotibi Maykl Pompeo rasmiy Vashington Suriya shimolida harbiy operatsiya boshlash uchun Turkiyaga ruxsat bermaganini ta’kidlab o‘tdi.

Shu bilan birga Pompeo AQSH Prezidenti Donald Trampning mintaqadan Amerika qo‘shinlarini chiqarish qarorini ma’qulladi. Ammo Trampning bu qarori AQSHning o‘zida ham, mamlakat tashqarisida ham tanqid qilindi.

Trampning o‘zi Turkiya kurdlarga qarshi havo hujumini boshlashini “yomon fikr”, deb baholadi.


Maqola muallifi

Teglar

Suriya Turkiya kurdlar

Baholaganlar

42

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing