“Pandemiyadan so‘ng”. Iqtisodiy inqirozda qaysi davlatlar qaddini tez tiklab oladi? (1-qism)

Olam

image

Yevropa ekspertlari koronavirusdan keyin qaysi davlatlar iqtisodiy tanazzuldan birinchi bo‘lib chiqib ketishini taxmin qila boshladi, deb yozadi VVS.

Shu hafta Avstriya hukumati Yevropada birinchi bo‘lib koronavirus bilan bog‘liq cheklov choralarini bekor qilish rejalarini e’lon qildi. Avstriyadan yana kim o‘rnak olishi aniq emas, ammo oddiy hayotga qaytish oson bo‘lmasligi ravshan.

“Iqtisodiy xavfsizlik indeksi”ga ko‘ra, koronavirus pandemiyasidan so‘ng iqtisodiyoti eng mustahkam va tanazzuldan tez chiqib ketadigan 10 ta davlatga quyidagilar kirdi:


1. Norvegiya

2. Daniya

3. Shveysariya

4. Germaniya

5. Finlyandiya

6. Shvetsiya

7. Lyuksemburg

8. Avstriya

9. AQSHning markaziy shtatlari

10. Buyuk Britaniya

“Iqtisodiy xavfsizlik indeksi-2019” Amerikaning FM Global sug‘urta kompaniyasi tomonidan tuzilgan.

“Indeks”ga ishbilarmonlik muhiti va iqtisodiy turg‘unligi hisobga olinib 130 ta davlat kiritilgan. Baholash siyosiy barqarorlik, korporativ boshqaruvning muvaffaqiyati, xatarlarning yuzaga kelish shartlari, savdo zanjirlarining murakkab logistika mexanizmlari va ishbilarmonlik muhitining shaffofligi kabi omillarga asoslanadi.

Pandemiyaga qarshi dastlabki munosabatga qarab, inqiroz davrida iqtisodiyotning barqarorligi va barqarorligini saqlab qolish ehtimoli yuqori bo‘lgan davlatlar aniqlandi. Reyingga kiritilgan ayrim davlatlarni tahlil qilib chiqamiz.

Daniya

Mamlakat ushbu indeksda ikkinchi o‘rinni egalladi. U tizimni nazorat qilishda yuqori ko‘rsatkichlar va hukumatda korrupsiya darajasi pastligi bilan ajralib turadi.

Pandemiya boshlanishi bilan Daniya hukumati qat’iy choralar ko‘rdi: tezkor ravishda ijtimoiy masofani joriy qildi, 11 mart kuni maktablar va o‘rta maxsus korxonalarni yopdi va 14 mart kuni barcha chet elliklar uchun mamlakatga kirishni taqiqladi.

“Avvaliga men bu chora-tadbirlarga ishonqirmay qaradim. Keyin barcha davlatlar bir xil yo‘ldan yurganini ko‘rganimda, hukumatimiz hamma narsani to‘g‘ri amalga oshirganiga ishondim”, deydi Kopengagendagi Pissup sayyohlik agentligining boshqaruvchisi Rasmus Kristensen.

Daniyaliklar o‘z hukumatiga ishonishga odatlanishgan va har doim umumiy ish uchun kurashishga tayyor turishadi - bu esa ko‘rilgan choralar samaradorligini oshirdi.

 

Singapur

Singapur reytingi (“Iqtisodiy xavfsizlik indeksi”da 21-o‘rin) kuchli iqtisodiyoti, siyosiy xatarlarning pastligi, yaxshi infratuzilma va korrupsiya darajasi tufayli ancha yuqori.

Ushbu mamlakatda koronavirus tarqalishini oldini olish bo‘yicha tezkor choralar ko‘rildi, bu yerda kasallanish bo‘yicha “o‘sish chizig‘i” dunyodagi boshqa davlatlarga qaraganda ancha past.

“Biz o‘z hukumatimizga ishonamiz, inqirozdagi har bir qadamimiz shaffof. Qoida tariqasida, hukumat biron-bir choralar ko‘rganda, biz ularga rioya qilamiz", deydi Konigle kompaniyasining tahlilchisi Konstans Tan.

Biroq o‘zini izolyatsiya qilish qoidalarini buzadiganlar ham bor. Ushbu qoidalarni buzganlar pasportlari va ishlashga ruxsatnomalaridan ayriladi.

“Umuman olganda, biz birgalikda ishlaymiz, jamiyatdagi tartibsizliklar yoki odamlar ko‘chalarda o‘lib ketishi yoki iqtisodiyotda beqarorlik bo‘lishi mumkinligi haqida tashvishlanishning hojati yo‘q”, deydi Tan.

Singapur - bu kichik mamlakat va inqirozdan chiqish yo‘li global iqtisodiyotning tiklanishiga bog‘liq. Ammo uning xalqi o‘z millati uchun baxtli kelajakka ishonadi.

Qo‘shma Shtatlar

Indeks ushbu mamlakatning jug‘rofiy qamrovini aniqroq aks ettirish uchun uni g‘arbiy, markaziy va sharqiy mintaqalarga ajratdi. Har uchalasi ham reytingda yuqori o‘rinlarni egalladilar (mos ravishda 9, 11 va 22-o‘rinlar).

Virusning Nyu-York kabi megapolislarda tarqalishini saqlab qolish, ayniqsa, qiyin bo‘ldi. Ishsizlik darajasi allaqachon rekord ko‘rsatkichlarga yetdi (mart oyining oxirida - 6,6 million kishi). Bu, asosan, shtatlarning yarmidan ko‘pida restoran va chakana savdo do‘konlari, shuningdek, ko‘chalarda xaridorlarga xizmat ko‘rsatadigan nuqtalarning yopilishi bilan izohlandi.

Ammo AQSH hukumati tezda iqtisodiyotni barqarorlashtirish uchun rag‘batlantiruvchi choralar ko‘rdi (2 trillion dollarlik yordam paketi) va aniq ta’sir ko‘rsatgan ijtimoiy cheklovlarni joriy etdi. Oxir-oqibat, bu pandemiya oqibatlarini yengillashtirishi va normal iqtisodiy hayotni tezroq tiklashga imkon berishi kerak.

Goldman Sachs va Morgan Stanley Mutaxassislar iqtisodiyotning V shaklidagi rivojlanishini taxmin qilishdi - birinchi navbatda, keskin pasayish, keyin esa yilning ikkinchi yarmida juda tez tiklanish.

AQSH iqtisodiyotining holati boshqa barcha davlatlar uchun muhimdir, chunki u dunyo yalpi ichki mahsulotining chorak qismini tashkil qiladi. Shuning uchun global iqtisodiyotning tiklanishi ko‘p jihatdan AQSH buni qanday hal qilishiga bog‘liq.

Ruanda

Korporativ boshqaruv sohasidagi so‘nggi yutuqlari tufayli Ruanda oxirgi yillarda “Indeks”dagi mavqeini sezilarli darajada yaxshilab, 35-pog‘onadan yuqoriga ko‘tarildi va dunyoning eng barqaror iqtisodiyoti reytingida 77-o‘rinni egalladi (Afrika mamlakatlari orasida to‘rtinchi o‘rin).

Ammo eng muhimi shundaki, Ruandada shunga o‘xshash va undan ham xavfli virusga qarshi kurashish tajribasi bor. Mamlakat qo‘shni Kongo Demokratik Respublikasida 2019 yilda “Ebola” kasalligi avj olganida, uning mamlakatda tarqalishining oldini olishga muvaffaq bo‘lgan edi.

Sog‘liqni saqlash tizimi, chegara o‘tish joylarida haroratni o‘lchash, dori vositalarini yetkazib berishda dronlardan foydalanish – Ruanda inqiroz paytida, ayniqsa, mintaqadagi qo‘shnilar bilan taqqoslaganda barqarorlikni saqlashga yaxshi tayyorgarlik ko‘rganidan dalolat beradi.

Sahroi Kabirning janubidagi Afrika mamlakatlari orasida birinchi bo‘lib Ruanda to‘liq karantinni joriy qildi. Hukumat mahalliy aholining zaif qatlamiga bepul oziq-ovqat etkazib berdi.

Yangi Zelandiya

Yangi Zelandiya “Indeks”da korporativ boshqaruv va xaridlar bo‘yicha yuqori baholar bilan 12-o‘rinni egalladi.

Ushbu mamlakat rasmiylari pandemiyaga tezda javob qaytardi, 19 mart kuni chet ellik sayohatchilar uchun chegaralar yopildi va 25 mart kuni iqtisodiy faoliyatning ikkilamchi tarmoq korxonalari ishi taqiqlandi.

Qat’iy choralar allaqachon o‘z samarasini bermoqda: agar ularga keyingi haftalarda ham amal qilinsa, infeksiya mamlakatdan butunlay yo‘q qilinadi, Yangi Zelandiya birinchilardan bo‘lib muvaffaqiyatli hayotga qaytadi.

Eksport va turizm ushbu mamlakat iqtisodiyotining asosiy tarkibiy qismidir, shuning uchun Yangi Zelandiya yaqin kelajakda muayyan qiyinchiliklarga duch kelishi ham mumkin.

Umuman olganda, mamlakatda barqaror iqtisodiy tiklanish uchun katta imkoniyatlar mavjud - davlat qarzi kichik, iqtisodiyotga pul oqimini yo‘naltirish va shu bilan birga foiz stavkalarini past darajada ushlab turish mumkin, deyiladi hisobotda.

Markaziy Osiyo davlatlari, jumladan, O‘zbekistonda bu hal qanday kechadi? Bu haqida keyingi maqolamizda so‘z yuritamiz.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus dunyoda

Baholaganlar

92

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing