Namanganda 74 ming so‘m uchun er va xotinning joniga qasd qilindi (video)

Jamiyat

Namangan viloyatining Pop tumanida mudhish jinoyat sodir etildi. Xo‘randa ovqatlanish shoxobchasining xo‘jayinlari bo‘lmish er va xotinni pichoqlab o‘ldirgan. Bu haqda “Zamon” informatsion dasturida xabar berilmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, To‘raqo‘rg‘on tumanida yashovchi fuqaro Aziz Yangiboyev “Vilka” nomi bilan mashhur bo‘lgan ovqatlanish shoxobchasiga kiradi. Turli taomlar va spirtli ichimlik buyurtiradi. Ovqatlanib bo‘lgach, yonida puli bo‘lmaganligi sababli 74 ming qarzdor bo‘lib qoladi. Garov evaziga esa RedME rusumli telefonini qoldiradi.

Oshxona yopilgach, Pop tumanida yashovchi xolasinikiga boradi. Telefonini garovga qoldirganidan g‘azablanib, xolasinikidan pichoq oladi va oshxonaga yo‘l oladi. U yerga borgach, ikki qavatga ko‘tariladi. Oshxona egalari bo‘lmish er-xotinning duch kelgan joylariga pichoq urib, og‘ir shikastlantiradi. So‘ngra esa voqea joyidan yashirinadi.

“Maqsadim telefonimni olib chiqish edi. Xonaga kirganimda uyg‘onib qolishdi, keyin bitta pichoq urib yubordim. Qilgan ishimdan pushaymonman”, deydi Aziz Yangiboyev.

U JKning 97-moddasi, 2-qismi, a,v,g,j, i bandlari, 219-moddasi, 2-qismi bilan aybdor deb topilib, uzil-kesil 25 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.

Sarvar Anvar o‘g‘li


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

504

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing