O‘zbekistonga xorijdan valyuta kirishi 217 mln dollarga kamaydi
Jamiyat
−
18 avgust 2020
7093Respublikamizga kelib tushgan transchegaraviy pul o‘tkazmalari hajmi 3 mlrd dollarni tashkil etdi. Bu haqda Markaziy bank xabar berdi.
Transchegaraviy pul o‘tkazmalari o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 217 mln dollarga yoki 7 foizga kamaygan.
Chet elga yuborilgan transchegaraviy pul o‘tkazmalari miqdori 516 mln. dollarga yetib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 47 mln dollar yoki 8 foizga kamaydi.
Natijada transchegaraviy pul o‘tkazmalari bo‘yicha ijobiy saldo 2,5 mlrd dollarga yetib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 170 mln dollarga (yoki 6 foizga) kamaydi.
Ta’kidlash kerakki, xorijdan valyuta kelishining kamayishi dunyoda avj olgan koronavirus pandemiyasi bilan bog‘liq. Pandemiya sabab xorijdan pul jo‘natuvchi o‘zbekistonliklar ishsiz qoldi. Bu esa ularning daromadi va pul oqimiga ta’sir ko‘rsatdi.