O‘zbekiston mintaqada “chempion” hisoblanadi – Senat Raisi

Intervyu

“Bugungi davra suhbatida mazkur dastur doirasida amalga oshirilgan ishlar tahlili o‘tqazilmoqda. Xalqaro hamjamiyat vakillarining fikricha, xalqaro hujjatlarni ratifikatsiya qilish, belgilangan talablarni bajarish masalalari bo‘yicha O‘zbekiston mintaqamiz doirasida “chempion” hisoblanadi”, deydi Tanzila Norboyeva.

Kecha, 5 fevral kuni “Islohotlarni qo‘llab-quvvatlash yo‘lida munosib mehnatni ta’minlash” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tgani haqida xabar qilgandik. Unda Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Norboyeva QALAMPIR.UZ saytiga majburiy mehnat, Xalqaro mehnat tashkilotining ratifikatsiya qilinishi rejalashtirilgan konvensiyalari haqida intervyu berdi.

Norboyevaga ko‘ra, 2013 yildan boshlab Xalqaro mehnat tashkiloti bilan davlat hamkorligi yangicha tus olgan. Shu yildan O‘zbekiston tomonidan munosib mehnat dasturlari imzolanishi boshlangan. Dasturning asosiy yo‘nalishlari yetarli ish haqiga ega ish o‘rinlarini yaratish, aholining ijtimoiy himoyasini ta’minlash va ularning mehnatini muhofaza qilish masalalariga qaratiladi. Bu sohalarda ijobiy o‘zgarishlarni amalga oshirish birgina Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining ishi emas. Balki barcha vazirlik, idora, tashkilotlar, ayniqsa, jamoat tashkilotlari va dunyoda nufuzi yuqori bo‘lgan XMTning ham ishtiroki talab qilinadi. Shu sababli ular bilan imzolangan keng miqyosli dasturlar mavjud.

“XMT BMTning mehnat masalalarida faoliyat yurituvchi bir agenti hisoblanadi. Uning 200 ga yaqin konvensiyasi bor. O‘zbekiston shulardan 17 tasini ratifikatsiya qilgan. Nima uchun kam degan savol paydo bo‘lishi mumkin. 3-4 yil avval ham 13 ta konvensiya ratifikatsiya qilingandi xolos. So‘nggi 3 yilda XMTning eng asosiy konvensiyalarini ratifikatsiya qildik. Eng asosiysi, majburiy mehnat, bolalar mehnati to‘g‘risidagi konvensiyalarga ham qo‘shildik.

Bu yilgi monitoring o‘tkazish natijalari juda ijobiy baholandi. Oldingi yillari qishloq xo‘jaligi sohasida byudjet tashkilotlari vakillari, talabalarni mehnatga majburlash, ularga haq to‘lamaslik, mehnat qilish sharoitlarining talabga javob bermaslik holatlari kuzatilardi. Avvaliga bola mehnatini bartaraf qildik. Ikki yil ichida esa majburiy mehnatni bartaraf qilganimizni jahon hamjamiyati alohida e’tirof etmoqda”, deya ta’kidladi Senat Raisi.


Maqola muallifi

Teglar

Tanzila Norboeva majburiy mehnat Senat Raisi.

Baholaganlar

60

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing