Qashqadaryoda mudhish YTH. 4 kishi vafot etdi
Jamiyat
−
28 dekabr 2019
10620Bugun, 28 dekabr kuni soat 14:30 atrofida Qashqadaryo viloyati, Chiroqchi tumanida mudhish YTH sodir bo‘ldi. Halokat natijasida avtomobilda bo‘lgan 4 kishi vafot etgan. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar bermoqda.
Gap shundaki, 20 yoshli F.J. boshqaruvidagi Nexia-2 rusumli avtomashinasida Chiroqchi tumani Ko‘ktosh mahallasidan o‘tuvchi “4R-84 Yakkabog‘-Chiroqchi” yo‘li bo‘ylab harakatlanib kelib o‘zidan oldinda ketayotgan avtomashinani quvib o‘tish uchun qarama-qarshi yo‘nalishga chiqqan vaqtida yo‘lning 35 kmda, 41 yoshli I.N. boshqaruvidagi Kamaz rusumli yuk avtomashinasi bilan to‘qnashib ketishi oqibatida yo‘l-transport hodisasi sodir qilgan.
Natijada Nexia-2 rusumli avtomashina haydovchisi F.J. va 3 nafar yo‘lovchilar hodisa sodir bo‘lgan joyda vafot etgan.
Holat yuzasidan Chiroqchi tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi (odamlar o‘limiga olib kelgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
LiveBarchasi