Uchtepada 15 yoshli o‘smir ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

Jamiyat

image

Yo‘llarda harakatlanish xavfsizligi qoidalariga rioya qilish piyodaning ham haydovchining ham burchidir. Voyaga yetmagan hamda haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lmagan shaxslarga avtotransport vositalari boshqaruvining berilishi turli ko‘ngilsizliklarni keltirib chiqaradi.

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi rasmiy axborot kanalining ma’lum qilishicha, bugun, 21 oktyabr kuni soat 5:00 atrofida poytaxtning Uchtepa tumanidagi Toshkent halqa yo‘lida 15 yoshli A. Ahliddin qarindoshiga tegishli Matiz rusumli avtomashinada harakatlanayotganda boshqaruvni yo‘qotadi hamda ko‘cha yuzidagi elektr uzatish liniyasiga borib uriladi. 

Natijada A. Ahliddin yengil jarohat bilan shifoxonaga yotqizilgan. Avtomobil jiddiy shikastlangan. 
 


Maqola muallifi

Teglar

YTH sodir bo'ldi Uchtepada

Baholaganlar

118

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing