Crew Dragon XKSga muvaffaqiyatli tutashdi

Texnologiya

Bu kunni 18 yil kutdik – Mask muvaffaqiyatli parvoz va undan keyingi rejalar haqida gapirdi north_east

Bu kunni 18 yil kutdik – Mask muvaffaqiyatli parvoz va undan keyingi rejalar haqida gapirdi

Ilon Maskning SpaceX kompaniyasiga tegishli Crew Dragon kosmik kemasi Xalqaro kosmik stansiyaga (XKS) muvaffaqiyatli tutashdi. Jarayon YouTube orqali namoyish qilindi.

Kosmik kema Xalqaro kosmik stansiyaga astronavtlar Daglas Xerli va Robert Benkenni yetkazdi.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 30 may kuni soat 22:22 da Crew Dragon kosmik kemasi tomonidan boshqarilgan Falcon 9 raketasi Floridadagi Jon Fitsdjerald Kennedi nomidagi Kosmik markazning 39-uchish kompleksidan start oldi. Parvoz Crew Dragon`ning XKSga ikkinchi uchishi bo‘ldi. Ammo kema ekipaj bilan ilk bor parvoz qildi.

2011 yildan XKSga odamlarni faqatgina rossiyaning “Soyuz” seriyasiga kiruvchi kosmik kemalari olib chiqayotgandi. NASA va “Roskosmos” o‘rtasidagi bir astronavtni 90 million dollar evaziga XKSga olib chiqish bo‘yicha kelishuvi 2020 yilning oktyabr oyida nihoyasiga yetadi.


Maqola muallifi

Teglar

kosmik kema

Baholaganlar

114

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made